• Часы работы: пн - пт: с 8:00 до 17:00
  • +998 76-22-1-49-71 Biz bilan bog'laning
  • info@yagona-buyurtmachi.uz Bizga yozing
  • Surxondaryo viloyati Termiz shahri Navbog' 5 Bizning manzil
 Uy-joy qurilishi uchun ajratiladigan 1 mlrd dollar davlat tashqi qarzi hisobiga qoplanishi ma’lum qilindi

Uy-joy qurilishi uchun ajratiladigan 1 mlrd dollar davlat tashqi qarzi hisobiga qoplanishi ma’lum qilindi

2021 yilda uy-joy qurilishi uchun davlat budjetidan ajratiladigan 10,5  trillion so‘m mablag‘ asosan tashqi qarz hisobiga qoplanadi.

O‘zbekiston prezidentining 11 martdagi farmoni bilan respublikada 2021 yilda quriladigan 45 mingta uy-joy uchun budjetdan ipoteka kreditlari ajratilishi belgilangan.

Moliya vazirligi departament direktori Farrux Botirov 30 mart kuni o‘tkazilgan Senat qo‘mitasi yig‘ilishida mazkur yirik qurilish uchun ajratiladigan mablag‘lar davlat tashqi qarzi hisobiga qoplanishini aytdi.

«Bu mablag‘lar asosan tashqi qarzlar hisobidan qoplanadi. Yevrobondlar, xalqaro moliya bozorlariga joylashtirilgan bondlar hisobidan olingan mablag‘lar banklar talabi bo‘yicha uzoq muddatga (20 yil) beriladi.

Biz fuqarolar talabi va ishonch hosil qilishlari uchun mazkur bozorda operator vazifasini bajardik.

Fuqarolar bilishsinki, qurilgan uylarni olaman deganda bankda resurs (10,5 trillion so‘m) bor. Shu narsani biz ta’minlab beramiz», – deya vazirlik mas’ulining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Qayd etilishicha, fuqarolar olgan kredit uchun to‘lanadigan foiz va uyning boshlang‘ich badaliga davlat tomonidan subsidiya ham ajratiladi.

«Ipoteka kreditlari bo‘yicha 23 ming 460ta oilaga 1 trillion so‘m mablag‘ni subsidiya sifatida to‘lash ko‘zda tutilyapti. Bu hududlarda qurilgan uylar soniga mutanosibdir. Subsidiyaning o‘rnini qoplash esa davlat budjeti hisobidan bo‘ladi», – dedi Farrux Botirov.

  • Ma’lumot uchun, 2021 yil 1 mart holatiga O‘zbekiston tashqi qarzining umumiy hajmi 33,8 milliard dollarni tashkil qildi. Shundan 21,3 milliardi – davlat tashqi qarzi, 12,5 milliard dollari esa davlat tomonidan kafolatlanmagan tashqi qarzdir.
  • So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekistonda 54 mingta uy-joy qurish rejalashtirilgan. Oxirgi 3-4 yilda esa yiliga 30-35 mingta uy-joy qurib kelingan. Xalqaro ekspertlarning hisoblashicha, ayni paytda respublika aholisining uy-joyga bo‘lgan talabini qondirish uchun har yili 145 mingta xonadon qurish zarur.

 

  • manba kun.uz