• Часы работы: пн - пт: с 8:00 до 17:00
  • +998 76-22-1-49-71 Biz bilan bog'laning
  • info@yagona-buyurtmachi.uz Bizga yozing
  • Surxondaryo viloyati Termiz shahri Navbog' 5 Bizning manzil
 Toshkentda taksi va qurilish sohasida koronavirus bo‘yicha nazorat kuchaytiriladi

Toshkentda taksi va qurilish sohasida koronavirus bo‘yicha nazorat kuchaytiriladi

Toshkent shahrida taksi va qurilish sohasida koronavirus bo‘yicha nazorat kuchaytiriladi. SSV matbuot xizmatining xabar berishicha, bu haqda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi yangi shtammlari keng tarqalishining oldini olish bo‘yicha Toshkent shahar shtabining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilingan.

Unda poytaxtda kasallik tarqalishining oldini olishni ko‘zda tutuvchi bir qator nazorat choralari ko‘rilishi belgilangan.

Xususan, barcha qurilish obyektlarida, o‘sha yerning o‘zida vaqtincha yashab ishlayotgan quruvchi va ishchilarni sanitariya-epidemiologiya tartiblariga qat’iy rioya etishi yuzasidan nazorat kuchaytiriladi.

Shuningdek, transport xizmati sifatini oshirish, haydovchi va yo‘lovchilar sog‘lig‘ini himoya qilishni ta’minlash maqsadida yo‘nalishsiz taksilar uch tildagi (o‘zbek, rus, ingliz tillaridagi) “xavfsiz taksi” maxsus belgisi bilan bepul ta’minlash amaliyoti joriy qilinadi.

Bunda taksi haydovchilari niqobda bo‘lishi va kiyinish madaniyatiga rioya qilishi lozim. Shuningdek, avtomobilda antiseptik vositalari bo‘lishi, avtoulov saloni toza va dezinfeksiyalangan bo‘lishi talab etiladi.

Avalroq Toshkentda “karantin talablariga rioya qilish” nazoratga olinib, yo‘lovchilarning niqob taqishi majburiy etib belgilanishi haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 14-mart kuni O‘zbekistonda dekabrdan beri birinchi marta bir kunda 100 dan ortiq odamda koronavirus aniqlanib, shundan 93 tasi Toshkent shahrida qayd etilgandi. Poytaxtda koronavirusga chalinish holatlari asosan o‘quvchilar, talabalar va tashkilot xodimlari orasida ko‘paygan. Xususan, Toshkentdagi 77 ta maktabda o‘quvchilar orasida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, 117-sonli bog‘chada ikki nafar tarbiyachi va bolalarda koronavirus aniqlangani sabab mazkur bog‘cha vaqtincha yopildi.

Koronavirus keng tarqalishining oldini olish maqsadida Toshkentdagi ayrim maktablarda o‘qish bosqichma-bosqich masofaviy shaklga o‘tkazilmoqda, bozor va savdo markazlarida karantin talablari kuchaytirildi.