Rahbariyat

Asosiy vazifasi

  • 1
    Kompaniya raxbariyati mehnat jamoasi mulkchilik qat'iy nazar O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari asosida bozor iqtisodiyoti talablari , kompaniya moliyaviy ahvoli ,jamoa manfaatlari uchun foyda keltirish usullarini qo'llab ,kompaniyani barcha faoliyat turlari ustidan rahbarlik qiladi, barcha hujjatlarni rasmiylashtiradi va imzo qo'yish huquqiga ega. Manzilli dasturga va tender tanlovi savdolaridan o'tgan qurilish obyektlarini moliyalashtirish va qurilish davrini nazoratga olishni amalga oshiradi.

Kompaniya Direktori

Aramov Asliddin Xoshimovich 1956-yil Surxondaryo viloyati Termiz tumanida tug'ilgan. 1978-yilda Toshkent avtomobil yo'llari institutini tamomlagan. Ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi quruvchi-muxandis. A.Aramov O'zbekiston Xalq Demokratik partiyasi a'zosi. 2021-yil 7-maydan Viloyat hokimligi "Yagona buyurtmachi xizmati" injiniring kompaniyasi direktori.

Kompaniya direktori o'rinbosari

Xolov To'lqin Abduxakimovich 1979-yil Surxondaryo viloyati Termiz shaxrida tug'ilgan. 2000-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi avtotransport korxonalari menejeri. T.Xolov O'zbekiston Milliy Tiklanish partiyasi a'zosi. 2021-yil 17-maydan Viloyat hokimligi "Yagona buyurtmachi xizmati" injiniring kompaniyasi direktori iqtisodiy masalalar bo'yicha o'rinbosari.