• Часы работы: пн - пт: с 8:00 до 17:00
  • +998 76-22-1-49-71 Biz bilan bog'laning
  • info@yagona-buyurtmachi.uz Bizga yozing
  • Surxondaryo viloyati Termiz shahri Navbog' 5 Bizning manzil
 Seoul Mun – Toshkent markazida soy bo‘yidagi katta imkoniyatlar

Seoul Mun – Toshkent markazida soy bo‘yidagi katta imkoniyatlar

Seoul Mun tijorat ko‘chmas mulki Toshkentning markazidagi qulay manzilda joylashgan bo‘lib, tadbirkorlarga biznes uchun zamonaviy yechimlarini taklif etadi.

Do‘konlarning joylashuvi biznes muvaffaqiyatining muhim omillaridan biridir. Daromad albatta tashrif buyuruvchilar miqdoriga bog‘liq. Ko‘ngilochar markaz sport klubi, do‘kon, kafe, restoran yoki shourum zali joylashishidan qat’iy nazar tijorat maskani diqqatga sazovor joyda joylashishi, atrofida esa qulay avtoturargoh bo‘lishi kerak.

Shubhasiz, eng foydali joylashuvga ega bo‘lgan maskanlar doimo yuqori narxlarda ijaraga beriladigan joylar bo‘ladi. Shuni hisobga olgan holda, Dream City Development kompaniyasining ko‘chmas mulk bo‘yicha mutaxassislari Seoul Mun tijorat ko‘chmas mulkiga afzalliklarini, foydali kombinatsiyasi: joylashuv, joylarning keng tanlovi, rivojlangan infratuzilma, avtoturargohlar bilan ta’minlanganligi va o‘ziga xos konsepsiyasini hisobga olib sarmoya kiritishni taklif qilmoqdalar.

Seoul Mun tijorat ko‘chmas mulki poytaxtning markazida 40 000 kvadrat metr maydonda joylashgan. Loyiha Seul va Bobur ko‘chalarining katta chorrahasi hamda shaharning aholi zich joylashgan qismida qad rostlamoqda. Bu yerdan bir necha daqiqalik masofada shaharning geografik markazi Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi, ko‘ngilochar bog‘, uchta metro bekati va ko‘plab turar joy binolari joylashgan.

Tadbirkorlar uchun Seoul Mun savdo-ko‘ngilochar markazi – bu foydali joy va ko‘chmas mulkka puxta o‘ylangan sarmoya foydali majmuidir. Siz 200 dan ortiq, shaxsiy terrasasiga ega binolardan birini tanlashingiz mumkin. Xalqaro Knight Frank kompaniyasi mutaxassislari Seoul Mun’ga tashrif buyuruvchilarni teng taqsimlanishi tahlili natijasiga ko‘ra maksimal foyda olish va biznesning keng rivojlanishiga imkoniyat yaratiladi.

Xalqaro e’tirof, konsepsiyaning o‘ziga xosligi va 20 000 kvadrat metrdan ziyod obodonlashtirilgan tijorat va jamoat maydonlari ushbu loyihani poytaxtdagi yangi diqqatga sazovor joy bo‘lishini ta’minlaydi. Dunyo brendlari do‘konlari va suvning salqinlik baxsh etishi kabi omillar markazga har kuni minglab mehmonlarni jalb qiladi.

Seoul Mun – bu poytaxt markazidagi dam olish va biznes ravnaqi uchun keng ko‘lamli hudud!

Yagona ma’lumot markazi: +99871 202 22 22

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM.

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy ko‘chasi tomon yo‘l.

Sayt: seoulmun.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz