• Часы работы: пн - пт: с 8:00 до 17:00
  • +998 76-22-1-49-71 Biz bilan bog'laning
  • info@yagona-buyurtmachi.uz Bizga yozing
  • Surxondaryo viloyati Termiz shahri Navbog' 5 Bizning manzil
 Seoul Mun: qurilish yangiliklari

Seoul Mun: qurilish yangiliklari

Dream City Development kompaniyasi Seoul Mun loyihasi qurilish ishlari jarayonlari haqida ma’lumot berdi.

Dream City Development kompaniyasi ko‘chmas mulk egalari uchun qurilish jarayonlarini kuzatib borish qanchalik muhim ekanligini hisobga olib qurilish maydonidan muntazam ravishda video va foto hisobotlar tayyorlamoqda. Bu mijozlarni olib borilayotgan ishlardan xabardor qilishda yordam beradi va jarayonning shaffof, ishonchliligini namoyon etadi. Biz mijozlarimizning ishonchini qadrlaymiz va shuning uchun doimiy ravishda ishning barcha bosqichlari haqida ma’lumotlar yetkazib turamiz.

Seoul Mun qurilish maydonida eng zamonaviy qurilish texnikasi ishlamoqda. Potain temir relsli baland krani parallel jarayonlar maksimal samaradorlikka erishishida yordam bermoqda. Qoziq devor quyish ishlarining 70 foizi yakunlandi.

Ayni paytda mutaxassislar juda muhim bosqich – gidroizolyatsiya ishlarini olib borishmoqda. Bu yerda ishlatilayotgan material elastoizol – zamonaviy bitum-polimer bo‘lib, tom yopishda ishlatiladigan suv o‘tkazmaydigan mahsulot hisoblanadi. Joy ikki qatlam gidroizolyatsiya qilinmoqda.

Poydevor quyish uchun ikkita blokni armaturalar bilan mustahkamlash va quvurlarni yotqizish ishlari faol olib borilmoqda. Devorni mukammal izolyatsiya qilish uchun 15 santimetrlik beton devor quyish va silliqlash ishlari davom etmoqda. Qoziqlar va poydevorlarning birikmalariga alohida e’tibor berilyapti. Jarayonlarda nemis texnologiyasi, KOSTER premium izolyatsiya materiallari ishlatilmoqda.

Keng ko‘lamli Seoul Mun loyihasining qurilish ishlari poytaxt markazida 40.000 m2 maydonda jadal olib borilmoqda. Dream City savdo ofisiga tashrif buyurib loyiha haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz va tijorat binolarining modelini ko‘rishingiz mumkin.

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Yagona ma’lumot markazi: +99871 202 22 22

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM.

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy ko‘chasi tomon yo‘l.

Sayt: seoulmun.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz