• Часы работы: пн - пт: с 8:00 до 17:00
  • +998 76-22-1-49-71 Biz bilan bog'laning
  • info@yagona-buyurtmachi.uz Bizga yozing
  • Surxondaryo viloyati Termiz shahri Navbog' 5 Bizning manzil
 Qurilish sohasida davlat xaridlarini o‘tkazishning yangi tizimi joriy etiladi

Qurilish sohasida davlat xaridlarini o‘tkazishning yangi tizimi joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining “Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, qurilish sohasida davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazishning yangi tizimi joriy etiladi.

Unga ko‘ra:

  • qurilish sohasida davlat xaridlarini o‘tkazishda tanlov hujjatlarining umumiy va texnik qismlarini taqdim etish talab etilmaydi;
  • elektron tanlov (tender) savdolarini amalga oshirish uchun tanlov hujjatlari va texnik vazifalar faqat tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmlarini va ularning narx parametrlarini baholash qismi bo‘yicha kompleks ekspertizadan o‘tkaziladi;
  • tanlov savdolarida joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlari hajmi qurilish-pudrat tashkilotlarining so‘nggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmining 1,5 baravaridan oshgan oferentlar ishtirok etmaydi;
  • tanlov natijalari bo‘yicha shartnomada belgilangan narxga nisbatan sifati va hajmiga ta’sir qilmagan holda tejalgan mablag‘lar pudrat tashkiloti tasarrufida qoldiriladi.

Qarorga ko‘ra, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi hamda tanlovlarni o‘tkazish bo‘yicha maxsus axborot portali operatorlari o‘rtasida elektron axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.

Qaror bilan qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.

manba: qalampir.uz