• Часы работы: пн - пт: с 8:00 до 17:00
  • +998 76-22-1-49-71 Biz bilan bog'laning
  • info@yagona-buyurtmachi.uz Bizga yozing
  • Surxondaryo viloyati Termiz shahri Navbog' 5 Bizning manzil
 Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalariga berilgan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar beriladi.

Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalariga berilgan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar beriladi.

“Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2021 yil 1 iyuldan tegishli materiallarni ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlarga Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan quyidagilar taqdim etiladi:
– investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida, shu jumladan aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun beriladigan bank kreditlari summasining 50 foizigacha, biroq 15 milliard soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda kafolatlar;
– Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalariga berilgan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun quyidagicha kompensatsiyalar:
– milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha – Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, biroq 10 foiz punktidan koʻp boʻlmagan miqdorda;
– chet el valyutasidagi kreditlar boʻyicha – tijorat banklari tomonidan belgilangan stavkaning 50 foizi, biroq 4 foiz punktidan koʻp boʻlmagan miqdorda;
– sinov laboratoriyasi uskunalarini sotib olish va xalqaro sifat menejmenti standartlarini joriy etish xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar.
Farmonga koʻra, shuningdek:

24 ta tuman (shahar)lar qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilib,ularda “kichik sanoat zonalari” tashkil etiladi;

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi huzurida Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha kengash tashkil qilinadi.