• Часы работы: пн - пт: с 8:00 до 17:00
  • +998 76-22-1-49-71 Biz bilan bog'laning
  • info@yagona-buyurtmachi.uz Bizga yozing
  • Surxondaryo viloyati Termiz shahri Navbog' 5 Bizning manzil
 Oʻzbekistonda tsement importi va ishlab chiqarish miqdori keskin oshdi. Asosiy import Qozogʻistondan boʻlmoqda.

Oʻzbekistonda tsement importi va ishlab chiqarish miqdori keskin oshdi. Asosiy import Qozogʻistondan boʻlmoqda.

TOSHKENT, 4 iyun – Sputnik. Oʻzbekistonga impor qilinayotgan tsement miqdori keskin oshdi, deb xabar qilmoqda Davlat Statistika qoʻmitasi.
«2021- yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan Oʻzbekistonga qiymati 50,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,0 mln. tonna tsement import qilingan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 515,1 ming tonnaga koʻp», – deyilgan xabarda.
Oʻzbekistonga eng koʻp tsement olib kelingan davlatlar qoʻyidagilar:

Qozogʻiston – 498,3 ming tonna

Qirgʻiziston – 278,5 ming tonna

Tojikiston – 234,7 ming tonna

Eron – 10,8 ming tonna

Turkmaniston – 8,6 ming tonna

Hisobotda qayd etilishiga koʻra, import qilingan tsementning asosiy isteʼmolchilari Toshkent shahri – 496,6 ming tonna, Fargʻona viloyati – 194,9 ming tonna va Andijon viloyatlari boʻlgan – 183,7 ming tonna.
Shu bilan birza Oʻzbekistonda ham ishlab chiqarilayotgan tsement miqdori oshib borayotganini qayd etish zarur. Statistik maʼlumotlarga koʻra 2021 yilning yanvar – mart oyida Respublikada ishlab chiqarilgan tsement hajmi 14,1 %ga oshgan.
manba:oz.sputniknews-uz.com/