• Часы работы: пн - пт: с 8:00 до 17:00
  • +998 76-22-1-49-71 Biz bilan bog'laning
  • info@yagona-buyurtmachi.uz Bizga yozing
  • Surxondaryo viloyati Termiz shahri Navbog' 5 Bizning manzil
 Manzara turar joy majmuasida Shanghai Mitsubishi LEHY-III liftlarida 24 soniyada 16 qavatgacha ko‘tarilasiz!

Manzara turar joy majmuasida Shanghai Mitsubishi LEHY-III liftlarida 24 soniyada 16 qavatgacha ko‘tarilasiz!

Manzara turar joy majmuasidagi binolar qurilish jarayonida dunyoga taniqli kompaniya Shanghai Mitsubishi LEHY-III lift modellari tanlangan.

Odamlarga xizmat qiladigan lift har qanday ko‘p funksional bino uchun zaruriy qismdir. Bu qurilma yo‘lovchi va yuklarni kerakli qavatga tez, qulay va xavfsiz olib chiqish va tushirish imkoniyatini beradi. Manzara majmuasidagi uy-joy binolari balandligi – 9, 13 va 16 qavatni tashkil etadi. Bizning Uylar Development kompaniyasi shu jihatni hisobga olib Shanghai Mitsubishi LEHY-III lift tizimini tanladi.

Shanghai Mitsubishi kompaniyasi – bu lift uskunalari bozorida 30 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan muvaffaqiyatli ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Hozirda bu Shanxaydagi eng yirik lift ishlab chiqaruvchisi va yetkazib beruvchi korxonadir. Kompaniya mahsulotlari dunyoning 16 dan ortiq mamlakatlariga, shu jumladan Janubi-sharqiy Osiyo, Janubiy Amerika, Rossiyaga eksport qilinmoqda. Yo‘lovchilar va yuklarni tashish tizimini ishlab chiqish bilan bir qatorda kompaniya ularni o‘rnatish, modernizatsiya qilish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlarni ham taqdim etadi.

Manzara turar joy majmuasida o‘rnatilgan LEHY-III modelining asosiy xususiyatlari:

  • Yuqori yuk ko‘tarish qobiliyati – 630 dan 1050 kilogrammgacha;
  • Yuk tashish liftining kabina hajmi – 2280×2100 mm;
  • Yo‘lovchi lifti kabinasi hajmi – 1100×2300 mm;
  • Tezligi – sekundiga 1,5 metr;
  • Shovqinsiz;
  • Uydagi foydali maydonni tejaydi;
  • Energiya tejamkor;
  • Elektr uzilib qolganda xavfsizlik tizimi mavjud;
  • Kabina qulay, zamonaviy dizaynga ega;
  • Uzoq muddat xizmat qiladi.

Bizning Uylar Development kompaniyasining Manzara turar joy majmuasini loyihalash va qurishdagi asosiy ustuvor yo‘nalishi tun-u kun xavfsizlik va aholining farovonligi hisoblanadi. Uzoq davrli hayotiy tajribadan kelib chiqib quruvchi kompaniya turar joy majmuasi aholisiga xizmat qilishi uchun vaqt va sharoit sinovlaridan o‘tgan sifatli mahsulot va ishlab chiqaruvchilarni tanlaganiga guvoh bo‘lganmisiz?

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Chinobod ko‘chasi

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunlarisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Batafsil ma’lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +99871 210 44 44

Instagram: @bizninguylar

Telegram: t.me/bizninguylar

Facebook: fb.com/bizninguylar

Sayt: bizninguylar.uz