• Часы работы: пн - пт: с 8:00 до 17:00
  • +998 76-22-1-49-71 Biz bilan bog'laning
  • info@yagona-buyurtmachi.uz Bizga yozing
  • Surxondaryo viloyati Termiz shahri Navbog' 5 Bizning manzil
 Ko’chalar qayta qurildi

Ko’chalar qayta qurildi

Joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida yo’lsozlar tomonidan Xorazm viloyatining markazi Urganch shahridagi umumiy uzunligi 14,1 km ga teng bo’lgan 11 ta ko’cha qaytadan qurilib, shahar ahli uchun qo’shimcha qulaylik yaratildi.

Kompaniyaning avtomobil yo’llaridan foydalanish va texnik holatini tahlil qilish boshqarmasi boshlig’i Nodir Husanovning saytimizga xabar berishicha, qurilish ishlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 6 dekabrdagi «Urganch shahri bosh rejasini amalga oshirish, Xorazm viloyati aholisining suv ta’minoti va viloyatdagi obodonlashtirish ishlarini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-1874-sonli Qarori ijrosi yuzasidan, «O’zavtoyo’l» DAK tizimiga kiruvchi «Xorazmyo’lqurilish» korxonasi tomonidan amalga oshirildi.

«Urganchdagi Tinchlik, Pahlavon Mahmud, Al-Xorazmiy, Shovot, Baynalmilalchi, Ma’rifatchilar, Amir Temur, Yoshlik, Xonqa, G’alaba va Termiz ko’chalarida avtomobillar qatnov qismi va piyodalar yo’laklari, yoritish, ko’kalamzorlashtirish, sug’orish, suv qochirish tizimlari butunlay qaytadan qurildi. Bundan tashqari 5 mingdan ortiq manzarali daraxt ko’chatlari ekildi», – dedi N.Husanov.

Qo’shimcha tarzda shuni ma’lum qilamizki, Urganchdagi transport va piyodalar qatnovi tizimini butunlay yaxshilagan bu tadbirlar uchun Xorazm viloyati xokimligi huzuridagi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi buyurtmasi asosida Respublika Yo’l jamg’armasi hisobidan 21,4 milliard so’m mablag’ ajratildi.

«O’zavtoyo’l» AK matbuot xizmati

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.