• Часы работы: пн - пт: с 8:00 до 17:00
  • +998 76-22-1-49-71 Biz bilan bog'laning
  • info@yagona-buyurtmachi.uz Bizga yozing
  • Surxondaryo viloyati Termiz shahri Navbog' 5 Bizning manzil
 Joriy yilning 6 yanvar kuni OAVda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida gaz-havo aralashmasining chaqnashi natijasida baxtsiz hodisa sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqatildi.

Joriy yilning 6 yanvar kuni OAVda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida gaz-havo aralashmasining chaqnashi natijasida baxtsiz hodisa sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqatildi.

Joriy yilning 6 yanvar kuni OAVda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida gaz-havo aralashmasining chaqnashi natijasida baxtsiz hodisa sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqatildi. Ayrim ijtimoiy tarmoq kanallarida, “…rasmga e’tibor bilan qarasangiz, uyning fundamenti bo‘laklarida armaturani ko‘rmaysiz. Bu xonadonning qurilish normativlariga asosan qurilganligiga ishonish qiyin..”, deyilgan.

Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mutaxassislari voqea joyiga chiqib o‘rganishdi. Ma’lumki, ushbu namunali uy 2016 yilgi davlat dasturi doirasida, pudratchi “Maxsus melioratsiya qurilish va ta’mirlash” korxonasi tomonidan bunyod etilgan.

Ushbu obyektning yerto‘la devorlarida ishchi loyiha bo‘yicha 3 ta qatorda qurilish fundament bloklari montaj qilingan. Ushbu fundament bloklari zavodda ishlab chiqarilgan tayyor qurilish mahsuloti bo‘lib, unda armatura bo‘lishi belgilanmagan.

Obyektdagi mazkur fundament bloklari ustidan armaturali seysmopoyasi bajarilishi belgilangan bo‘lib, ularda armaturali karkaslar montaj qilingan. Uning ustidan yig‘ma orayopma plitalar o‘rnatilgan va armaturali karkas betondan antiseysmik belbog‘ ishlari  bajarilgan.

Qurilish vazirligi matbuot xizmati