• Часы работы: пн - пт: с 8:00 до 17:00
  • +998 76-22-1-49-71 Biz bilan bog'laning
  • info@yagona-buyurtmachi.uz Bizga yozing
  • Surxondaryo viloyati Termiz shahri Navbog' 5 Bizning manzil
 Innovatsion rivojlanish

Innovatsion rivojlanish

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Injiniring kompaniyasining ta’sischisi hisoblanadi.

Injiniring kompaniyasiga O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tizimidagi tashkilot va muassasalar ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash loyihalarini amalga oshirishda buyurtmachi vazifasini bajarish yuklatiladi. 

Injiniring kompaniyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda: 

•    O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tizimidagi inshootlarni, shu jumladan innovatsion inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, shuningdek mebel, jihozlar hamda texnika vositalari bilan ta’minlash;

•    innovatsion inshootlari qurilishida belgilangan tartibda loyihachi va pudratchi tashkilotlarni tanlash, pudrat shartnomalarini tuzish, qurilish-tiklash ishlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;

•    innovatsion inshootlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi bo‘yicha prognoz rejalari bajarilishi ijrosini ta’minlash;

•    loyiha yechimlari samaradorligini, shaharsozlik va arxitektura talablariga mos kelishini ta’minlash;

•    sohaga ajratilgan kapital qo‘yilmalardan samarali foydalanishni ta’minlash va loyihalarni amalga oshirish sikllarini qisqartirish.

Quyidagilar Injiniring kompaniyasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilanmoqda:

•    O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq innovatsion inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlari manzilli dasturda ko‘zda tutilgan kapital qo‘yilmalar limitlari qiymatidan ajratmalar;

•    xo‘jalik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar;

•    xalqaro moliya institutlarining kredit va grant mablag‘lari;

•    yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan ta’qiqlanmagan boshqa manbalar.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bir oy muddatda Injiniring kompaniyasiga zarur mebel jihozlari, kompyuter texnikasi va boshqa anjomlar bilan ta’minlashi lozim. 

Belgilab qo‘yilmoqdaki:

•    Injiniring kompaniyasining Ustav fondi Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi;

•    Injiniring kompaniyasi faoliyatini boshlang‘ich bosqichda (2019 yilning yakuniga qadar) moliyalashtirish Injiniring kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi;

•    Injiniring kompaniyasining tuzilmasi va shtatlar jadvali Vazirlar Mahkamasining “Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini loyihalashtirish ishlarini va ekspertizadan o‘tkazishni takomillashtirishga doir chora tadbirlar to‘g‘risida”gi 2016 yil 22 yanvardagi 15-son qaroriga muvofiq shakllantiriladi;

•    Injiniring kompaniyasi innovatsion ob’ektlarini zamonaviy talablar va standartlarga javob beradigan inshootlar qurilishini ta’minlash maqsadida, zarurat bo‘lganda ob’ektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda xorijiy davlatlardan malakali mutaxassislarni, jumladan, loyiha tashkilotlarini jalb qiladi va belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi.

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.