• Часы работы: пн - пт: с 8:00 до 17:00
  • +998 76-22-1-49-71 Biz bilan bog'laning
  • info@yagona-buyurtmachi.uz Bizga yozing
  • Surxondaryo viloyati Termiz shahri Navbog' 5 Bizning manzil
 Ikki viloyatda qurilish boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi

Ikki viloyatda qurilish boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Namangan va Farg‘ona viloyatlari qurilish bosh boshqarmasi boshliqlari o‘zgardi.

Qarorga binoan Dilshod Abdug‘aniyevich Niyazov Namangan viloyati qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bu lavozimda o‘tgan yil dekabr oyida ishdan olingan Saidahmad Sultonov o‘rnini to‘ldirdi.

Shuningdek, Akmal Umarovich Rahmonov Farg‘ona viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Manba: qalampir.uz