• Часы работы: пн - пт: с 8:00 до 17:00
  • +998 76-22-1-49-71 Biz bilan bog'laning
  • info@yagona-buyurtmachi.uz Bizga yozing
  • Surxondaryo viloyati Termiz shahri Navbog' 5 Bizning manzil
 Farg‘ona shahrida ko‘p qavatli uylar o‘rtasida barcha qurilishlar to‘xtatiladi

Farg‘ona shahrida ko‘p qavatli uylar o‘rtasida barcha qurilishlar to‘xtatiladi

Farg‘ona shahrida ko‘p qavatli turar joylar o‘rtasida barcha qurilishlar to‘xtatiladi, poydevor uchun qazilgan kotlovanlar ko‘miladi, bolalar hamda sport maydonchalari qayta tiklanadi.

13 fevral kuni Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona shahridagi «Do‘stlik» hamda «Gulzor» mahallalarida aholi yashash sharoitlarini o‘rgandi. Hokim hududda ko‘p qavatli turar joylar orasida yashil maydonlar hududidagi daraxtlar kesilgani, bolalar va sport maydonchalari buzilgani va o‘rniga yangi binolar qurilishi boshlanganini tanqid qilgan.

«Hududda yashovchi aholi viloyat hokimi bilan muloqot chog‘ida yangi qurilayotgan binolar sababli mahallada aholi yashashi uchun noqulayliklar tug‘dirayotganini, bolalar uchun ochiq havoda o‘ynashga, kattalar va keksalar uchun sayr qilishga imkoniyat qolmaganini bildirishdi.

Viloyat hokimi, birgalikda o‘rganish olib borayotgan shahar hokimi va prokuroriga bugundan e’tiboran Farg‘ona shahrida ko‘p qavatli turar joylar o‘rtasida olib borilayotgan barcha qurilishlarni to‘xtatish hamda bunday qurilishlarga ruxsat berish bilan bog‘liq qarorlarni bekor qilish yuzasidan topshiriq berdi. Poydevor uchun qazilgan kotlovanlar barchasi ko‘mib tashlanadi, qurilishi yakunlanish bosqichida bo‘lgan inshootlarning har birining qonuniyligi bo‘yicha shahar prokuraturasi o‘rganish olib boradi. Barcha hududlarda buzib tashlangan bolalar hamda sport maydonchalari qayta tiklanadi, qurilish egalari kesilgan har bir daraxt o‘rniga 100 tupdan manzarali daraxt ekishi ta’minlanadi. To‘xtatilgan qurilishlar o‘rniga tadbirkorlarga bino qurish uchun boshqa joydan yer maydoni taklif etiladi», deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida.