• Часы работы: пн - пт: с 8:00 до 17:00
  • +998 76-22-1-49-71 Biz bilan bog'laning
  • info@yagona-buyurtmachi.uz Bizga yozing
  • Surxondaryo viloyati Termiz shahri Navbog' 5 Bizning manzil
 Bosh vazir oʻrinbosari Sirdaryo IES qurilishi bilan tanishdi

Bosh vazir oʻrinbosari Sirdaryo IES qurilishi bilan tanishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Ochilboy Ramatov, Energetika vaziri Alisher Sultonov va boshqa masʼul mutaxassislardan iborat delegatsiya Sirdaryo viloyatida barpo etilayotgan yangi IES qurilish maydoniga tashrif buyurdi.

Loyiha Saudiyaning ACWA Power kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Yangi IES qurilishining boshlanishi 2021-yil 24-yanvarda berilgan edi.

Quvvati 1500 MVt boʻlgan Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasini qurishda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha loyihani amalga oshirish Oʻzbekiston energetika sohasida yangi format – davlat-xususiy sheriklik (DXSH) ni joriy etish natijasi boʻldi.

Shu bilan birga, ACWA Power kompaniyasi eng zamonaviy dizayn yechimlari va energiyani tejaydigan texnologiyalardan foydalanishni rejalashtirgan. Bu esa, ushbu loyihaning samaradorligini 60 foizga yetkazish imkonini beradi. Bu yangi issiqlik elektr stansiyasida elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun tabiiy gazdan foydalanadigan hozirgi issiqlik elektr stansiyalaridan deyarli ikki baravar koʻproq tejash imkonini beradi.

Umumiy taxminiy qiymati 1,2 milliard dollarni tashkil etadigan mazkur IESning qurilishi Energetika vazirligi, Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Saudiyaning ACWA Power kompaniyasi oʻrtasida 2020-yil mart oyida imzolagan hamkorlik shartnomasi asosida boshlandi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

manba:yuz.uz